Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on tumanida savdo binosi egasi hisoblagichni o‘zgartirish yo‘li bilan 1,3 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatdi. Farg‘ona shahrida ham tadbirkor oshxonasidagi nosoz gaz hisoblagich orqali 1,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Bosh prokuratura reyd tadbirida Buxoro viloyati Kogon tumanidagi issiqxona egasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. 3,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida fuqaro rudadan rangli metallarni ajratish uchun tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali ulanib, 1,35 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi. Avvalroq birgina 2024-yilda 600 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroji haqida xabar berilgandi.
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida korxona ohak ishlab chiqarishda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Gaz hisoblash uskunasi nosozligi sababli muqaddam tarmoqdan uzilgan va tamg‘a o‘rnatilgan, ammo sex rahbari uni o‘zboshimchalik bilan buzgan va ishlatishda davom etgan.
Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanidagi gaz to‘ldirish shohobchasi elektron hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, 2,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qarshi shahrida fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan novvot ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan va 232 mln 848 ming so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan. Sud hukmi bilan unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi novvoyxona yashirin ravishda tarmoqqa ulanib, qariyb 1,33 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzildi, daliliy ashyolar tegishli organlarga yuborildi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan mineral o‘g‘it sexi noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanib, 8,7 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlarda 2,9 mingta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Ularda 97,1 mlrd so‘mlik gaz qayta hisob-kitob qilindi. “Hududgazta'minot” xodimlari, shuningdek, 23 ta gaz ballonlari “bunker"i faoliyatiga chek qo‘ydi.
Farg‘ona shahridagi issiqxona o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. To‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Buxoro viloyati Kogon tumanida issiqxona mas’ullari gaz quvuriga yashirincha ulanib, 8,85 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. Daliliy ashyolar va hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Sirdaryoning Yangiyer shahrida ishlab chiqarish sexi mas’ullari tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Urganch tumanida 2 mlrd 92 mln so‘mlik gazdan yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib foydalangan novvoyxona aniqlandi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida qurilish materiallari korxonasi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Farg‘ona shahrida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 1 mln kub metr tabiiy gazdan foydalangan fuqarolar ushlandi. Ular davlat manfaatiga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Namangan viloyatida tadbirkor quvur orqali gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,22 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Shu kabi holat Sirdaryo viloyatida ham kuzatildi. Hujjatlar tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Marg‘ilonda noqonuniy faoliyat yurituvchi ohak ishlab chiqarish sexi gazdan yashirincha foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 5,6 mlrd so‘mlik zarar yetdi. Gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida ohak ishlab chiqarish sexi qo‘lbola gaz qurilmalarini tarmoqqa ulab, 2,2 mln kub metr hajmdagi qariyb 3,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Tashkilot rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlaridagi ikkita “zapravka” jami 8 mlrd 921 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
Marg‘ilonda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti qurilmalarini gaz hisoblagichga ulamay, tarmoqdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Oqibatda 7,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar tegishli organga yuborildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting